Markaz haqida
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida loyihalarni, ularning loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarini kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 yanvardagi PQ-3464-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
Markazning ish tamoyillari
  • Sifat
  • Samaradorlik
  • Obyektivlik
  • Serqirralik
Markazning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
  • rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda ishlab chiqiladigan tender hujjatlarni va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertiza qilish;
  • rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish doirasida ishlab chiqiladigan loyihaoldi va loyiha hujjarlarni kompleks ekspertiza qilish;
  • rivojlanish davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda tuziladigan import kontraktlarini ekspertiza qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda olib kiriladigan tovarlar roʻyxatini kompleks ekspertiza qilish;
  • erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) hududlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertiza qilish.