Ekspertizadan o'tkazish

Kontraktlarni ekspertiza qilish va ro'yxatdan o'tkazish tartibi xamda ekspertiza o'tkazish uchun to'lov qiymati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 yanvardagi PQ-3550-sonli qaroriga muvofiq aniqlanadi. Sayt orqali buyurtmani to'ldirishdan avval Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi bilan shartnoma tuzish vaqtida PIN-kod olish zarur

Davlat buyurtmachilari chun ekspertiza
Экспертиза контрактов для субъектов частного предпринимательства, финансируемых за счет кредитов коммерческих банков
Buyurtmani rasmiylashtirish
Shartnoma tuzish uchun siz quyidagi shartnoma shaklini yuklab olishingiz, to'ldirishingiz va shahsan olib borishingiz yoki quyidagi manzilga pochta orqali jo'natishingiz kerak bo'ladi:100084, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko`chasi, 107Б-uy.
Shartnoma qabul qilinganidan so'ng, ikki ish kuni davomida sizga yuborilgan ma'lumotlarning tasdiqlangan nushasi xamda elektron ko'rinishda ekspertiza qilish yuzasidan buyurtma berishingiz uchun Loyihalar va import kontraklarni kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan PIN-kod taqdim etiladi
Ekspertiza qilinadigan hujjatlar
1
Xaridlarni amalga oshirish uchun texnik vazifalar va tender hujjatlari, shuningdek:
davlat buyurtmachilari uchun– qiymati 100 ming AQSH dollardan yuqori shartnomalar
strategik buyurtmachilar uchun– qiymati 50 ming AQSH dollardan yuqori shartnomalar
O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hisobidan moliyalashtiriladigan boshqa shartnomalar
2
Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalar, moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar, DTIA/DTIH, TIA/TIH loyihalari:
  • O'zbekiston Respublikasi davlat rivojlanish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan va loyihalar portfellarini shakllantirish doirasida ko'zda tutilgan loyihalar
  • O'zbekiston Respublikasi Davlat rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish jamg'armasi, O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan chet el kreditlari (qarzlar) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar
  • moliyalashtirish manbalaridan qat'iy nazar strategik foydali qazilmalarni qazib olish va / yoki qayta ishlashni o'z ichiga oladigan loyihalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va boshqa majburiy to'lovlar uchun imtiyozlar berishini ko'zda tutuvchi qarori asosida amalga oshiriladigan loyihalar
  • mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar uchun
  • barcha davlat organlari, xo'jalik boshqaruv organlari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan xojalik yurituvchi subektlar, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shahslarga ustav fondining 50 foizi va undan ortig'i tegishli xo'jalik yurituvchi subektlari o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan boshqa loyihalar